
EFCA va Ijtimoiy Tadbirkorlik Maktabidan yangi o'quv-kurslari |
Markaziy Osiyodagi Yevroosiyo Jamg'armasi Ijtimoiy Tadbirkorlik Maktabi bilan hamkorlikda aholining zaif qatlamlari huquqlarini ilgari surish va himoya qilish kampaniyalarini amalga oshirishga qiziqadigan yoshlar va nodavlat notijorat tashkilot vakillari uchun bepul o’quv-kurslariga tanlov e’lon qildi.
Kimlar ishtirok eta oladi?
Kimlar ishtirok eta oladi?
- Ijtimoiy sohaga befarq bo’lmagan;
- Aholining zaif qatlamlari huquqlarini himoya qilishni ilgari surishga qiziqqan yoshlar;
- Yashash joyi O’zbekiston bo’lgan;
- Onlayn va joylarda o’tkaziladigan o’quv mashg’ulotlariga vaqt ajrata oladigan;
- Chet elga, ya’ni Qozog’istonga safar qila oladigan;
- Kurslarni yakunlab o’zi mustaqil loyihalar amalga oshira oladigan NNT vakillari va faol shaxslar.
Dastur qatnashuvchilari quyidagi mavzularda o’z bilim va malakalarini oshiradi:
- Aholining zaif qatlamlari huquqlarini ta’minlashni targ’ib qilish uslublari bo’yicha o’quv kursi;
- Aholining zaif qatlamlari huquqlarini ta’minlash doirasidagi kampaniyalarni o’tkazish bo’yicha loyihalar yozish kursi;
- “Harakat sari targʻibot” bootcampda (shahar tashqarisida intensiv o’qish) qatnashish imkoniyati.
Yuqoridagi kurs va bootcampni muvaffaqiyatli yakunlagan insonlar o’z loyihalarini amalga oshirish jarayonida grant olish imkoniyatiga ega bo’lishadi. Shuningdek, kurslar davomida turli ijtimoiy va aholining zaif qatlamlarini qo’llab-quvvatlash kabi mavzularda yetakchi mutaxassislar tomonidan interaktiv vebinarlar tashkil etiladi. Barcha o’quv kurslari va vebinarlar o’zbek tilida olib boriladi va eng faol ishtirokchilar o’quv sertifikati bilan taqdirlanadi.
Barchaga omad!